Toshkentning ikki tumanida gaz vaqtincha oʻchiriladi

17:06 18 Aprel 2019 Jamiyat
252 0

19 aprel kuni soat 10:00dan 17:00gacha Toshkent shahridagi gaz quvurlarida taʼmirlash-sozlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan ayrim hududlardagi aholi turar joylari va maishiy-kommunal obyektlarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Mirobod tumanida:
Fayziobod koʻchasida;
Oq bilol koʻchasida;
Oq uy koʻchasida;
Beshkent koʻchasida
Eski Otchopar koʻchasida.

Sergeli tumanida:
Qoʻyliq 5 dahasida;
Qoʻyliq 6 dahasida;
Qoʻyliq 7 dahasida;
“Qoʻshqoʻrgʻon” mahallasida;
Qoʻshqoʻrgʻon 4 tor koʻchasida;
Qoʻshqoʻrgʻon 5 tor koʻchasida;
Nufuzli koʻchasida.

“Toshkent shahri boʻyicha gaz taʼminoti hududiy filiali vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr soʻraydi”, deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?