Toshkentning ayrim koʻchalarida transport harakati vaqtinchalik cheklanadi

15:42 14 Sentyabr 2018 Jamiyat
188 0

Toshkentning markaziy qismidagi baʼzi koʻchalar bugun kechki vaqtda yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Alisher Navoiy nomidagi akademik katta teatri binosi oldidagi maydonda boʻlib oʻtadigan tadbir munosabati bilan, 14 sentyabr kuni 19:00 dan 22:00 gacha transport vositalari uchun quyidagi koʻchalar yopiladi:

Zarafshon koʻchasi – Islom Karimov koʻchasidan Matbuotchilar koʻchasigacha;

Buxoro koʻchasi – Nuroniy koʻchasidan Buyuk Turon koʻchasigacha;

Buyuk Turon koʻchasi – Matbuotchilar koʻchasidan Islom Karimov koʻchasigacha;

Islom Karimov koʻchasi – Sharof Rashidov koʻchasidan Taras Shevchenko koʻchasigacha;

“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun poytaxt maʼmuriyati uzr soʻraydi“, deyiladi hokimlik bayonotida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?