Toshkentning ayrim hududlarida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi

15:07 24 Oktyabr 2020 Jamiyat
216 0

24-oktyabr kuni Beruniy koʻchasidagi oʻrta bosimli gaz quvurida avariya holati aniqlanganligi bois mazkur manzilda taʼmirlash ishlari boshlandi.

Shu munosabat bilan quyidagi manzillarga gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

Olmazor tumanida:

— Beruniy koʻchasidagi koʻp qavatli uylar va yerli xonadonlar.

Shayxontohur tumanida:

— Tinchlik koʻchasi;

— Ilgʻor koʻchasi;

— Bogʻ koʻchasi;

— Gulobod koʻchasi;

— Zafar koʻchasi;

— “Boʻston” MFY dagi koʻp qavatli uylar va yerli xonadonlar.

Taʼmirlash ishlaridan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?