Toshkentdan Jiddaga muntazam qatnovlar qachondan boshlanadi?

12:04 11 Sentyabr 2018 Jamiyat
295 0
Foto: Oʻzbekiston havo yoʻllari

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi joriy yilning 28 oktyabridan boshlab “Toshkent-Jidda-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha muntazam yoʻlovchi qatnovlarini amalga oshiradi.

Toshkentdan Jiddaga va qaytish qatnovlari haftasiga ikki marta, seshanba va yakshanba kunlari zamonaviy Boeing-757 havo kemasida quyidagi jadval boʻyicha bajariladi (mahalliy vaqt):

Seshanba va yakshanba: HY-335 Toshkent 17:50 - Jidda 21:00

Seshanba va yakshanba: HY -336 Jidda 22:30 - Toshkent 05:10 + 1

Eslatib oʻtamiz, shu paytga qadar Jidda qatnovlari“Haj” dasturi doirasida bajarilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?