Toshkentdan Jiddaga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

10:22 28 Iyun 2018 Jamiyat
809 0
Foto: O'zbekiston havo yo'llari

Endilikda haftasiga bir marta Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishidagi reyslar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Xabarda qayd qilinishicha, 26 iyun kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK direksiyasida aviakompaniya va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda shuningdek ziyorat turizmi dasturi bo‘yicha bevosita sayyohlarni jalb qilish bilan shug‘ullanuvchi turoperatorlar ham ishtirok etishdi.

Muzokaralar davomida mamlakatimizda ziyorat turizmini rivojlantirish konsepsiyasi, bu masalada milliy aviatashuvchining roli, shuningdek Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yish imkoni muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, MAK tomonidan 2018-2019 qishki navigatsiya davrida haftasiga bir marta Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni yo‘lga qo‘yish masalasini ishlab chiqishga kelishib olindi. Reyslar Boeing 767 hamda 787 Dreamliner avialaynerlarida amalga oshiriladi.

Manba xabarida reyslarni amalga oshirishni boshlash sanasi va parvozlar jadvali haqida qo‘shimcha xabar berilish bildirib o‘tilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?