Toshkentdan Vladivostokka muntazam yo‘lovchi qatnovlari joriy etiladi

12:45 10 Avgust 2018 Jamiyat
114 0
Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 15 sentyabrdan boshlab, haftasiga bir marta “Toshkent-Vladivostok-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini joriy etadi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar berdi.

Shu paytga qadar aviakompaniya mazkur yo‘nalish bo‘yicha charter qatnovlarini amalga oshirib kelayotgan edi.

Reyslar har tomonlama qulay “Boeing-767” samolyotlarida quyidagi jadval bo‘yicha shanba kunlari amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

HY-707 Toshkent 08:30 - Vladivostok 20:10

HY-708 Vladivostok 22:00 - Toshkent 00:40 + 1


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?