Toshkentdagi jamoat transportlarida elektron toʻlov tizimi yoʻlga qoʻyiladi

18:10 05 Sentyabr 2018 Jamiyat
304 0

“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati Janubiy Koreyaning “Korea Smart-cart” Co.ltd kompaniyasi bilan hamkorlik qilish maqsadida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Mazkur hamkorlik natijasida poytaxt transport tizimini tubdan takomillashtirish, ayniqsa, elektron toʻlov tizimini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Xususan, muntazam foydalanish mumkin boʻlgan yagona toʻlov kartalarini joriy etish, jamoat transportlarida zamonaviy va yangi xizmat turlarini yoʻlga qoʻyish, bunda xorijlik hamkorlar bilan oʻzaro tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish belgilangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?