Toshkentdagi yana bir ko‘cha qayta ochiladi

09:39 21 May 2018 Jamiyat
2850 0

Toshkent shahridagi avval yopib qo‘yilgan yana bir ko‘cha avtomobillar harakati uchun qayta ochiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Amir Temur xiyoboni («Ugolok» kafesi) aylanma yo‘li va Zarafshon ko‘chasi oralig‘ida hamda Sh.Rashidov shoh ko‘chasidan Matbuotchilar ko‘chasi bo‘ylab («Poytaxt» savdo markazi) Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘ligacha bo‘lgan oraliqda transportlar harakati qayta tiklanadi.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?