Toshkentdagi taksi xizmatiga elektromobillar kirib keladi

22:43 29 Iyun 2020 Jamiyat
142 0

Poytaxtdamizdagi taksi xizmatiga elektromobillar kirib kelishi kutilmoqda. Buning uchun 500 ta elektr tokidan quvvat olib harakatlanuvchi avtomobillar xarid qilindi. Bu haqda Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ekologik toza va hamyonbop transport vositasi bir quvvatlanganda 450 km masofani bosib oʻtadi. Agar shahar tashqarisida, trassada boʻlsa 540 km yurishi mumkin.

Bu mashinalarning afzalligi shundaki, 53 kilovatt akkumulyatorlari bor. Agar buni pulga chaqadigan boʻlsak 1 km 50-60 soʻmga toʻgʻri keladi.

Avtomobilning narxi 23 ming dollardan 25 ming dollargacha.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?