Endi Toshkentdagi shifoxonalar, ulardagi boʻsh joylar, kasalliklarning turlari va soni haqida maʼlumotlarni maxsus tizimdan olish mumkin boʻladi

21:06 17 Iyul 2020 Hujjatlar
1160 0

“Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida davlat organlari va tashkilotlarining oʻzaro elektron hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimini joriy etish reja-jadvali tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, “Raqamli Toshkent” geoaxborot tizimi vazifalaridan biri davlat organlari va tashkilotlaridan maʼlumotlarni tezkor yigʻish va real vaqt rejimida Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati monitoring va tahlil qilinishini taʼminlashdan iborat.

Nizomda, shuningdek, geoaxborot tizimi foydalanuvchilarining vazifalari belgilandi.

Jumladan, Toshkent shahar hokimligi geoaxborot tizimiga egalik qiladi, uning uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi, iqtisodiy tahlil va prognozlash ishlarida keng foydalanadi.

Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimini joriy etish reja-jadvaliga asosan sohalar boʻyicha taqdim etilishi nazarda tutilgan maʼlumotlar belgilandi.

Jumladan, sogʻliqni saqlash sohasi boʻyicha shifoxona oʻrinlarining umumiy soni, boʻsh joylar soni, kasalliklarning turlari va soni, tez yordam avtomashinalarining harakatlanish dislokatsiyasi kabi maʼlumotlar taqdim etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?