Toshkentdagi quyuv mexanika zavodida yongʻin chiqdi

14:31 10 May 2019 Jamiyat
462 0

Arxiv foto

Bugun Toshkent shahar Bektemir tumanida joylashgan quyuv mexanik zavodida yongʻin sodir boʻlgan. Bu haqda IIBB axborot xizmati “ Xalq soʻzi“ga maʼlum qildi.

Qayd qilinishicha, bugun 10 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:25da 101 tezkor raqamiga Bektemir tumani Husayn Boyqaro koʻchasida joylashgan quyuv mexanika zavodida yongʻin chiqqani haqida ariza kelib tushgan. Maʼlum boʻlishicha, korxonada bakdan sizib chiqqan mazut yoqilgʻisining alanga olishi yongʻinga sababchi boʻlgan.

Yongʻin xavfsizligi xodimlari tomonidan, mazkur falokat bartaraf etilgan. Yongʻin natijasida jarohat olganlar yoʻqligi aytilmoqda. Koʻrilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?