Toshkentdagi Prezident maktabiga fotosayohat

17:23 12 Sentyabr 2019 Jamiyat
691 0

Yaqinda Toshkent shahrida Prezident maktabi oʻz faoliyatini boshladi. Fotomuxbirimiz Hasan Paydoyev ushbu taʼlim maskaniga tashrif buyurib, undagi taʼlim jarayonlarini suratga muhrladi.

Mazkur oʻquv maskani tuzilish jihatdan anʼanaviy maktablardan farqli ravishda ixcham va bilim olishga qulay. Maktab 168 oʻrinli boʻlib, 12 ta sinfxona, 2 tadan informatika va ingliz tili xonalari, fizika, kimyo, biologiya laboratoriyalari, yotoqxona, oshxona, xorijlik oʻqituvchilar uchun 15 oʻrinli mehmonxona mavjud. 

Barcha xona zamonaviy oʻquv uskunalari va innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan. Sport zali, suzish havzasi, futbol maydoni qurilishiga ham innovatsion yondashilgan. Ayniqsa, oʻzida zamonaviy qulayliklarni mujassam etgan yotoqxona oʻquvchilarga oila muhitidagidek yashash va dars qilish imkonini beradi.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?