Toshkentdagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopildi

15:26 27 Iyul 2018 Jamiyat
442 0
Foto: IIBB

Bugun, 27 iyul kuni Amir Temur ko‘chasining Osiyo ko‘chasidan Kichik halqa avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan qismida avtotransportlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Manba xabariga ko‘ra, ko‘cha yo‘l qoplamasini ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan vaqtincha yopiq bo‘ladi.

“Noqulayliklar uchun, sizlardan uzr so‘raymiz”, deyiladi IIB bayonotida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?