Toshkentdagi kanal va ariqlar landshaft dizayni italiyalik meʻmorlar tomonidan ishlab chiqilishi mumkin

18:16 25 Avgust 2018 Jamiyat
206 0

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.Ortiqxo'jayev va meʻmorchilik va landshaft dizayni boʻyicha NOVELLO s.r.l Made in Italy Landscape kompaniyasining asoschisi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi yangi tayinlangan elchisi Otabek Akbarov ham ishtirok etdi.

Foto: Tashkentnews

Tomonlar ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy hamkorligini muhokama qildilar. Marino Novello poytaxtimizning asosiy oʻziga xosligi – umumiy uzunligi 417 kilometr boʻlgan kanal va ariqlar ekanligini hayrat bilan qayd etib oʻtdi. Shundan soʻng u ushbu sohada hamkorlik qilish istagini bildirdi.

Shuningdek, uchrashuvda oʻzbek-italyan madaniy markazini yaratish masalasi ham muhokama qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?