Toshkentdagi Islom svilizatsiyasi markazida yongʻin kelib chiqdi (VIDEO)

17:26 05 Dekabr 2019 Jamiyat
1026 0

Ayni paytda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida qad rostlayotgan Islom svilizatsiyasi markazi yonayotgani haqida xabar tarqalmoqda.

Manbalarda qayd etilishicha, yongʻin bugun soat 16:30 da kelib chiqqan. Hodisa joyiga yongʻin xavfsizligi xodimlari zudlik bilan yetib borgan.

Bino yaqinidagi yoʻllarda tirbandlik yuzaga kelgani aytilmoqda.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi qurilishiga oʻtgan yil iyunda ramziy tamal toshi qoʻyilgan edi.

Noyabr oyida qariyb ikki gektar maydonda uch qavatli koʻrkam imorat qad koʻtargani, binoning simmetrik markazida bejirim sharqona gumbaz, toʻrt tomonida 34 metrlik peshtoqlar qurilgani xabar qilingandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?