Toshkentdagi eng tirband aylanma yo‘l buzib tashlandi

16:35 04 Iyul 2018 Jamiyat
941 0
Foto:Toshkent shahar Hokimiligi

Viloyatlardan ushbu aylanma yo‘l orqali har kuni 4 mingdan ortiq avtomashina Toshkentga kirib keladi hamda chiqib ketadi. Ushbu aylanma yo‘l esa buzib tashlandi. Bu haqida Uznews.uz xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, poytaxtga eng ko‘p transport qatnovi Rohat aylanma yo‘li orqali amalga oshirilishi kuzatilgan.

Hech ko‘zingiz tushganmi? Ushbu aylanma yo‘ldagi tirbandliklarga. Qolaversa, orangizda ushbu tirbandliklar ishtirokchilari bo‘lishi tabiiy. Buning asosiy sababi esa yo‘lning 3 yo‘lakdan iborat bo‘lganligi va poytaxtimizga tashrif buyuruvchilar, mehmonlarning soni yildan-yilga oshib borayotganligidadir.

Foto:Toshkent shahar Hokimiligi

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan ushbu tirbadliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilib, keng ko‘lamdagi qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Ushbu ishlar natijasida Rohat chorrahasida yuzaga kelayotgan noqulayliklar 3 kun ichida bartaraf etilib 5 yo‘lakli aylanma yo‘l zamonaviy chorraha qiyofasiga keltiriladi.

Albatta, bu poytaxt va poytaxt mehmonlariga o‘ziga xos sovg‘a bo‘ladi.

Foto:Toshkent shahar Hokimiligi

Zamonaviy shaharsozlik, yo‘l qurilishi va yuqori sifatli texnologiyalar asosida barpo etilayotgan Rohat chorrahasida ayni paytda ish jarayoni qizg‘in olib borilmoqda.

Toshkent shahar hokimligi esa vaqtinchalik yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun Toshkent shahar hokimligi shahrimiz aholisi hamda mehmonlaridan uzr so‘raydi.

Foto:Toshkent shahar Hokimiligi

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?