Toshkentdagi eng gavjum ko‘chalardan biri 15 avgustgacha yopiladi

17:47 30 Iyul 2018 Jamiyat
501 0
Foto: Screenshot / “Xalq so‘zi”

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 iyuldagi “Toshkent shahrida qurilish va obodonlashtirish ishlarini borishi to‘g‘risida”gi sayyor yig‘ilishi bayoni bilan xorijiy tashabbuskor (Rossiya Federatsiyasi) “KB Strelka” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Toshkent seni sevadi” kompleks dasturi va “Dizayn kod” loyihasi asosida poytaxt yo‘llarida rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan Yunusobod tumani Amir Temur shoh ko‘chasining Osiyo ko‘chasi bilan kesishgan qismidan (Minor metro bekati) Toshkent kichik avtomobil halqa yo‘l o‘tkazgich (Minor masjidi, “Malika“ savdo markaziga ketadigan yo‘l) qismigacha bo‘lgan qismida rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining birinchi bosqichini olib borilishi munosabati bilan, qolaversa fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2018 yil 15 avgust kuniga qadar ushbu yo‘nalish bo‘yicha harakatlanayotgan barcha turdagi transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun hamshaharlarimizdan uzr so‘raymiz!” - deyiladi poytaxt hokimligi saytida.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?