Toshkentdagi bir nechta umumtaʼlim maktablari buzilishi haqidagi maʼlumot rad etildi 

09:51 22 Fevral 2019 Jamiyat
337 0

Arxiv foto

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi bir nechta umumtaʼlim maktablarining buzilishi haqida maʼlumot tarqatildi. Shu munosabat bilan Xalq taʼlimi vazirligi ushbu xabarni notoʻgʻri ekanligini maʼlum qildi.

Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandiga muvofiq, umumtaʼlim va maktabdan tashqari muassasalarining yer uchastkalarini hamda koʻchmas mulkini Xalq taʼlimi vaziri bilan kelishmasdan begonalashtirish taqiqlanadi. 

Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar Xalq taʼlimi vazirligiga mazkur maktablarning yer uchastkalarini va koʻchmas mulkini begonalashtirish toʻgʻrisidagi arizalar kelib tushmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?