Toshkentdagi barcha bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida havaskor ayollar sport jamoalari tuzilmoqda

10:09 10 Yanvar 2019 Sport
123 0

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Toshkent shahridagi mavjud barcha mahallalarida, bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida havaskor ayollar sport jamoalari tuzilmoqda. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan 1-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabida ham mahalla faoli, uy bekasi Nurmuxamedova Lalita Faatovna boshchiligida Beshkapa, Ahmad Yugnakiy, Al-Farobiy, va Humoyun mahallalari ayollari ishtirokida ayollar sport jamoasi tuzilgan.

Bugungi kunda mazkur jamoada 87 nafar 45 yoshdan 75 yoshgacha boʻlgan ayollar haftada 6 marotaba (yakshanbadan tashqari) ertalab soat 7.00 dan 9.00 gacha gimnastika, yoga sport turlari bilan shugʻullanib kelishadi.

Bu kabi sport jamoalari ayollar orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga, ularning salomatligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019