Toshkentda yuk poyezdining ikki vagoni relsdan chiqib ketdi

15:37 21 Sentyabr 2018 Jamiyat
647 0
Foto: iibb.uz

21 sentyabr kuni soat taxminan 11:35da Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan “Oltin tegirmon” yuk stansiyasida yuk poyezdining gʻalla tashuvchi ikki vagoni relsdan chiqib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Biroq relsdan chiqib ketgan vagonlar toʻsiqlarni, shuningdek, temiryoʻl yoqasidagi uylarning yordamchi imoratlari devorlarini buzib yuborgan.

Foto: iibb.uz

Xabar berishlaricha, voqea joyiga IIVning Transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi, FVV, Toshkent shahar hokimligi va IIBB vakillari yetib borgan. Avariya-qayta tiklash ishlari olib borilmoqda.

Hodisa sabablari va zarar miqdori aniqlashtirilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?