Toshkentda yosh bolalarning olov bilan oʻynashi oqibatida yongʻin yuz berdi

14:48 09 Sentyabr 2019 Jamiyat
90 0

Toshkent shahrida oʻtgan sutka davomida 1 ta yongʻin holati qayd etilgan boʻlib, yongʻinda insonlarni halok boʻlish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi.

2019-yil 8-sentyabr kuni soat 10:50 da, Olmazor tumani, Yolqin koʻchasi 7-uy 49-xonadon ayvonida uy jihozlari 3 kv.m. maydonida yongan. Yongʻindan xonadonning 30 kv.m. maydoni saqlanib qolingan. Yongʻin oʻchirish jangovar boʻlinmalari chaqirilgan manzilga soat 10:56 da yetib borgan va koʻrilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yongʻin soat 11:02da bartaraf etilgan. Yongʻin joyiga 3 ta yongʻin oʻchirish texnikasi jalb qilingan.

Yongʻin bolalarning olov bilan oʻynashi oqibatida sodir boʻlgan, deb taxmin qilinmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Toshkent shahar Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarni yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etishlarini soʻrab qoladi.lantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchixonasi tomonidan faol vatandoshlar hamkorligida tashkil etildi.

“Magnifest“ xalqaro festivali deyarli bir asr davomida oʻtkazilib kelinayotgan, musiqiy va gastronomik namoyishlar bilan tanilgan yirik xalq sayllaridan biridir. Mazkur festivalga har yili Germaniya va unga qoʻshni Yevropa mamlakatlaridan 150 mingdan ziyod aholi tashrif buyuradi. Joriy yilgi “Magnifest“ xalqaro festivalida Oʻzbekiston ilk marotaba ishtirok etdi. Festival 3 kun davom etib, unda “Sugʻdiyona“ oʻzbek davlat milliy cholgʻulari kamer orkestri ham qatnashdi. Taʼkidlash joizki, festival doirasida yurtdoshlarimiz tomonidan ijro etilgan milliy kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashib, katta qiziqish uygʻotdi. “Magnifest“ festivali Oʻzbekistonni xorijda tanitish, jumladan mamlakat turizmini targʻib etishda muhim oʻrin tutadi. “Oʻzbekiston ushbu festivalda birinchi marta ishtirok etayotgan boʻlishiga qaramay, ishtirokchilar tomonidan mamlakatimizga, xususan milliy madaniyatimiz, sanʼatimiz va turizm salohiyatimizga katta qiziqish bildirilmoqda. Oʻzbekistonning gastronomik turizm, madaniyat va turizm salohiyati nuqtayi nazaridan qaraydigan boʻlsak, “Magnifest“ festivalida muntazam qatnashish, albatta, ijobiy natija beradi” – deydi ayni damda Germaniyada taʼlim olayotgan vatandoshimiz, Gumboldt universiteti talabasi Asliddin Bobocholov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?