Toshkentda yongʻinni aniqlovchi yuqori sezgirlikdagi kameralar oʻrnatildi

10:41 03 Oktyabr 2018 Jamiyat
1023 0
Foto:UzNews.uz

Toshkentda yongʻinni aniqlovchi yuqori sezgirlikdagi kameralar oʻrnatildi Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi respublika yongʻin xavfsizligi xizmatiga innovatsion texnologiyalarning tatbiq etilishini oʻrgandi.

Sodir boʻlgan yongʻinlarni tezlikda va telefon qoʻngʻirogʻi boʻlishidan avval aniqlash maqsadida, Toshkent shahrining 12 ta baland qavatli binolariga 14 ta yuqori sezgirlikdagi kameralar oʻrnatildi.

Foto:UzNews.uz

Bugungi kunda Toshkent shahar IIBB Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markazida yongʻin oʻchirish samaradorligini, tezkorligini oshirishga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqildi. Ushbu tizim dasturiy-texnik komplekslarni, avtomatlashtirilgan vositalarning tezkor monitoringini, kuch va vositalarning boshqarishni hamda mavjud va istiqbolli avtomatlashtirilgan tizimlarni oʻz ichiga oladi.

Ayni vaqtda ushbu dasturni Samarqand, Namangan va Toshkent viloyatlari IIBlari Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markazlariga tatbiq qilish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Foto:UzNews.uz

Qayd etilgan viloyatlardagi yongʻin oʻchirish avtomobillari navigatorlar bilan jihozlangan boʻlib, ularning harakatini onlayn rejimida kuzatish mumkin.

Shu bilan birga, Toshkentda 12 ta baland qavatli binolarga va teleminoraga yuqori sezgirlikdagi, 360 darajadagi koʻrish burchagiga hamda ularni dispetcher ish joyidan boshqarish imkoniyatiga ega 14 ta IP kameralar oʻrnatildi. Ushbu kameralar real vaqtda sodir boʻlgan yongʻinlarni aniqlash va kuzatish imkonini beradi. Qisqa vaqt ichida ular olovning dastlabki bosqichida 20 dan ortiq yongʻinni “101“ raqamiga qoʻngʻiroqlardan oldin aniqlashga yordam berganini taʼkidlash joiz. Shuningdek, bunday kameralar Toshkent, Samarqand va Namangan viloyatlarida pilot rejimda oʻrnatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?