Toshkentda Yandex.Mahalla xizmati ishga tushirildi

14:09 15 Noyabr 2018 Jamiyat
571 0

Foto: Screenshot / “Xalq so‘zi”

Poytaxtimizda Yandex.Mahalla xizmati ishlashni boshladi. Bu haqda “Xalq soʻzi“ muxbiri Saidjon Maxsumov xabar berdi.

Mazkur onlayn platforma orqali odamlar oʻzaro fikr almashadi. Masalan, qoʻshnilari bilan oʻzlari yashayotgan tumani yangiliklarini muhokama qilishlari, eʼlonlar joylashtirishlari, yaqin-atrofdagi qiziqarli hodisalar haqida bilib olishlari mumkin. Bunday xizmat hozirgacha faqat Rossiyada yoʻlga qoʻyilgan edi. Unin nomi — Yandex.Rayon.

Maʼlumki, internetda turli guruhlar mavjud. Masalan, Toshkent shahridagi 11 ta tumanning har birida foydalanuvchilar mahalliy yangiliklarni oʻqishi mumkin boʻlgan virtual hamjamiyatlar mavjud. Shu orqali hududda yangi doʻkon ochilgani, maktabda yangi sport toʻgaragi ochilgani, turli aksiyalar oʻtkazilayotgani, qayerdadir YTH sodir boʻlgani, svetofor ishlamayotgani, yoʻl yoki chorraha tirbandligi yoki yopib qoʻyilgani ... haqida bilib olish mumkin. Bunday onlayn muloqotlarda insonlar bir-birlari bilan maslahatlashadilar va eʼlonlar joylashtiradilar — narsalar sotadilar, ish qidiradilar, uy hayvonlarini boshqalarga beradilar. Repetitor, ishchi yoki enagalar qoʻshnilarga oʻz xizmatlarini taklif qilishlari, tadbirkorlar esa chegirma, yangi tovar va xizmatlar haqida soʻzlab berishlari mumkin.

Tuman hokimliklari Yandex.Mahalla oʻzlarining rasmiy hisob qaydnomalarini yuritadilar, poytaxt hokimiyati qoshidagi Jamoatchilik kengashi organi foydalanuvchilarga javob berish uchun ularni kuzatib boradilar. Endilikda Toshkent aholisining mahalliy muammolar haqida shahar mutasaddilariga murojaat qilishi va soʻrashi osonlashadi. Yoʻl qachon taʼmirlanishi yoki bolalar bogʻchasi qachon ochilishi haqida.

“Toshkent “Yandeks”ning shu kabi servisi faoliyatini boshlagan Rossiyadan tashqaridagi birinchi shaharga aylandi. Xizmatni Oʻzbekistonda ishga tushirish vaqtida biz birinchi navbatda mahalliy aholi ehtiyojlarini hisobga oldik: masalan, ham oʻzbek tilida, ham rus tilida yozish imkoniyatini qoʻshdik, shuningdek, maydonlarga mahalliy nomlarni berdik”, — deydi kompaniyaning Oʻzbekistondagi hududiy direktori Yevgeniy Lukyanchikov.

“Masalan, Rossiya ishga tushirilgan Yandex.Rayon xizmati ishlaydigan shaharlar aholisi turli savollarni muhokama qilishadi: Novosibirsk uylaridagi isitish batareyalari, Sankt-Peterburgdagi chiqindilarni tashish muammosi, Krasnodarda ochilgan tarixiy xiyobonni yoki Moskva shahridagi mahalliy deputatlar ishini. Bizningcha, Toshkentda ham xizmat ommalashadi va qoʻshnilar onlayn suhbatlarining asosiy joyiga aylanadi”, — deydi mazkur xizmat rahbari Tatyana Gorelik.

Maʼlumot uchun, Yandex.Rayon 2016 yilda paydo boʻlgan va hozirda unda oʻndan ortiq shahar aholisi gaplashmoqda: Moskva, Sankt-Peterburg, Krasnodar va boshqalar. Xizmatning oy davomidagi auditoriyasi 3,5 million foydalanuvchidan ortadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?