Toshkentda “Yandeks.Metro” mobil ilovasi ishga tushirildi

10:58 15 Mart 2019 Jamiyat
349 0

Foto: "Xalq so'zi"

Toshkentda “Yandeks.Metro” mobil dasturi ishga tushirildi. Bu haqda kompaniya ”Xalq soʻzi”ga taqdim etgan press-relizda maʼlum qilingan.

Mazkur dastur yordamida foydalanuvchilar, shahar aholisi va sayyohlar metroning zarur yoʻnalishi, bekatlari, yoʻnalishdan boshqa yoʻnalishga oʻtish va qancha vaqtda manzilga yetib borish mumkinligidan xabardor boʻlishi mumkin.

Foydalanuvchilar yaqin bekatdan moʻljallangan bekatni belgilashi kifoya qiladi — “Yandeks.Metro” yoʻnalish haqida, oʻtirish uchun qulay boʻlgan vagon, shaharning qulay qismiga chiqish, yoʻnalishni oʻzgartirish uchun qulay boʻlgan vagonigacha koʻrsatib beradi.

Dasturda har bekatning ish grafigi va ularning xarita boʻyicha joylashuvi koʻrsatib oʻtilgan. Agar taʼmirlash yoki boshqa sabab tufayli bekat yopilsa, bu maxsus sxemada aks etadi.

Ayni vaqtda dastur Android va iOS operatsion tizimlarida mavjud. U hech qanday internetsiz ishlaydi. Foydalanuvchilar undan oʻzbek va rus tillarida ishlatishi mumkin. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?