Toshkentda yana bitta golf maydoni barpo etiladi

10:58 10 Avgust 2018 Jamiyat
433 0
Arxiv foto

Janubiy Koreyaning Land Master kompaniyasi Toshkentda yangi golf maydoni barpo etish loyihasi bilan shug‘ullanadi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Land Master kompaniyasi prezidenti Be Sang Ron qo‘mita raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Qosimxo‘jayev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida nafaqat golf klubi qurilishiga oid amaliy masalalar, balki turizmning boshqa sohalari, xususan, mehmon uylari barpo etish borasida hamkorlik qilish yo‘nalishlarini ham ko‘rib chiqdi.

O‘z navbatida mezbonlar xorijlik investorlarga yurtimizda yaratilgan imtiyozlar va preferensiyalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, golf-klub loyihasi ayni paytda ishlab chiqish jarayonida turibdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?