Toshkentda yana bir ko‘cha vaqtincha yopiladi

14:56 31 Iyul 2018 Jamiyat
236 0
Arxiv foto

Bugun 31 iyul kuni soat 22:00 dan boshlab Beruniy – Nurafshon chorrahasidan, Nurafshon ko‘chasi bo‘ylab Oqtepa aylanma yo‘li, Samarqand darvozagacha bo‘lgan masofada vaqtincha harakatlanish cheklanadi. Bu haqda “Xalq so‘zi Online“ga Toshkent shahar hokimligi ma’lumot berdi.

Qayd qilinishicha, yo‘l harakati boshqarmasi texnik vositalaridan foydalanish departamenti yo‘l belgilarini yangilash, ta’mirlash ishlari olib borish munosabati bilan yuqorida ko‘rsatilgan ko‘chalarda vaqtinchalik avtotransportlar qatnovi to‘xtatilishini bildirgan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun hamshaharlarimizdan uzr so‘raymiz!“, deyiladi hokimlik bayonotida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?