Toshkentda yana bir yoʻlovchi avtobusi YTHga uchradi

17:40 28 Avgust 2018 Jamiyat
275 0
Foto: Facebook / Oybek Otabekov‎

28 avgust kuni Toshkentning Yangi Sergeli koʻchasi mashina bozorining oldida MAN rusumli yoʻlovchi avtobusi YTHga uchradi.

Avtobus yoʻldan chetga chiqib ketgan. Uning ichida yoʻlovchilar ham boʻlgan.

Avtobus qaysi yoʻnalish boʻyicha harakatlanishi va jabrlanganlar toʻgʻrisida hozircha maʼlumot yoʻq.

YTH natijasida Yangi Sergeli koʻchasida katta tirbandlik yuzaga kelgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?