Toshkentda yana bir “City” barpo etiladi

15:35 29 Iyun 2018 Siyosat
937 0

Shavkat Mirziyoyev Talabalar shaharchasidagi madaniyat saroyida Olmazor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid loyihalar bilan tanishdi.

Olmazor tumanining yangi markazi - “Olmazor city”ni barpo etish loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Yangi Olmazor ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li o‘rtasidagi 24 gektardan ziyod hududda barpo etiladigan ushbu mavzeda ma’muriy binolar, ko‘p qavatli uylar, zamonaviy biznes markaz, mehmonxona va xiyobon, ta’lim va tibbiyot muassasalari qurish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari loyiha taklifini ma’qulladi.

Yoshlar bilan ishlash, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Tumandagi bo‘sh turgan binolarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, xorijiy investitsiyalar va texnologiyalar olib kelish, odamlarga ish o‘rinlari yaratish zarurligi ta’kidlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?