Toshkentda VI Yevropa kinosi festivali boshlandi

14:44 26 May 2018 Madaniyat
363 0
Fotо: uza.uz

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda VI Yevropa kinosi festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 
“O‘zbekkino” milliy agentligi hamda O‘zbekistondagi Yevropa ittifoqi delegatsiyasi tomonidan tashkil etilgan festivalda Shveysariya, Vengriya, Sloveniya, Chexiya, Latviya, Germaniya, Ruminiya, Finlyandiya, Fransiya, Belgiya davlatlari kinoijodkorlari tomonidan ishlab chiqarilgan 12ta film taqdim etiladi.

O‘zbekistonda oltinchi marotaba amalga oshirilayotgan mazkur loyiha Yevropa va Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilayotir.

Festival 31 mayga qadar davom etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?