Toshkentda veterinariya meditsinasi instituti filiali ish boshlaydi

09:54 04 Oktyabr 2019 Jamiyat
112 0

Illyustrativ foto

Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar berdi “Huquqiy axborot” kanali.

Qarorga muvofiq, Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali institutning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.

Filialda quyidagi bakalavr yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi:

- Zooinjeneriya;

- Veterinariya meditsinasi;

- Veterinariya-sanitariya ekspertizasi;

- Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari.

Filialda oʻquv jarayoni 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi va qabul qilinadigan talabalar soni respublika OTMlariga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqib belgilanadi.

Eslatib oʻtamiz, Filial Prezidentning 2019-yil 28-martdagi PQ–4254-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?