Toshkentda umumiy qiymati 1,2 mlrd. soʻmlik salkam 148 tonna olmalarning noqonuniy importi fosh qilindi

12:05 24 Fevral 2020 Jamiyat
336 0

Yaqinda respublikamizga qoʻshni davlatdan import qilingan salkam 148 tonna olmalarni “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida bojxona koʻrigidan oʻtkazish davomida navbatdagi bojxona qonunchiligi buzilishi holati fosh qilindi. Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan aniqlangan mazkur holatda ushbu olmalarning eksport bojxona deklaratsiyasi mavjud emasligi, tovarning kelib chiqish sertifikati shubhali ekanligi aniqlandi.

Ushbu holatda qoʻshni davlatdan keltirilgan olmalar aslida oʻsha mamlakatda emas, balki Eronda yetishtirilganligi aniqlandi.

Muqaddam yurtimizdan tranzit tarzida chegaradosh davlatga olib oʻtilgan ushbu mevalarni soʻngra goʻyoki qoʻshni mamlakatning tovari sifatida qayta olib kirish rejalashtirilgan.

Bu orqali yuk egalari bojxona toʻlovlaridan 657 mln. soʻmlik imtiyozlarni qoʻlga kiritmoqchi boʻlishgan.

Mazkur holatda noqonuniy yoʻllar bilan olib kirishda toʻxtatib qolingan olmalarning umumiy qiymati 1 mlrd. 249 mln. soʻmni tashkil qilmoqda. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?