Toshkentda uy olib beraman deb tanishidan 8 400 dollar pul olgan firibgar ushlandi

16:19 10 Avgust 2018 Jamiyat
309 0
Illyustrativ foto

Toshkent shahar Sergeli tumanida firibgarlik bilan bog‘liq jinoiy ish aniqlandi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, tumanda yashovchi D.I. 2017 yil iyun oyida namunali uylardan birini olib beraman deb Yunusobod tumanida yashovchi Q.R.dan aldov yo‘li bilan 8 400 AQSH dollari oladi.

Ammo u shu kungacha va’dasini bajarmay, olgan pullarni ham qaytarib bermay kelgan.

Mazkur holat yuzasidan D.I. ushlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?