Toshkentda uch fuqaro oddiy dori vositalaridan zaharlandi

16:49 25 Mart 2019 Jamiyat
805 0

Illyustrativ foto

23 mart kuni kechki vaqtda 37 yoshli Shahnoza O. ismli fuqaro doridan zaharlanish natijasida shifoxonaga yotqizildi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining ”Xalq soʻzi”ga maʼlum qilishicha, fuqaro oddiy ”Trimol” tabletkasidan 3 donasini isteʼmol qilgan va shundan soʻng oʻzini yomon his etgani sababli shifoxonaga murojaat qilgan.

24 mart kuni tongda xuddi shunday muammo bilan Elyor T. ismli fuqaro ham shifokorlarga murojaat etgan. Yosh yigit oʻzini yomon his qilgan va uni oldini olish uchun dorixonadan preparat sotib olib ichgan. Ammo u aynan qanday dori vositasini isteʼmol qilganini eslay olmagan. 

Shu kuni tushga yaqin 34 yoshli Gulnora B. ham doridan zaharlanib kasalxonaga yotqizilgan. Maʼlum boʻlishicha, ayol bir vaqtning oʻzida “Paratsetamol” va “Diazolin” dorilarini isteʼmol qilgan.

IIBB fuqarolardan dori preparatlarini isteʼmol qilishda faqatgina shifokor koʻrsatmasi bilan ish tutishni va oʻzini-oʻzi davolashga urinmaslikni soʻrab murojaat qilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?