Toshkentda toʻqimachilik uskunalari va texnologiyalari koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda


Poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” majmuasida “Toʻqimachilik uskunalari va texnologiyalari — CAITME — 2018” hamda “Tekstil va moda sanoati — UzTextileExpo — 2018” xalqaro koʻrgazmalari oʻz ishini boshladi. Koʻrgazmalarda Avstriya, AQSH, Belgiya, Buyuk Britaniya, Belarus Respublikasi, Latviya, Tojikiston, Turkiya, Xitoy, Shveysariya kabi davlatlardan 480 ga yaqin kompaniya va firmalar vakillari qatnashmoqda.
Taʼkidlash joizki, ushbu haftani yurtimizda toʻqimachilik sanoati uchun muhim voqealarga boy davr, deb bemalol aytishimiz mumkin. Chunki xalqaro koʻrgazmalar arafasida poytaxtimizda dunyoning 18 mamlakatidan 250 nafar soha mutaxassisalarini jamlagan toʻqimachilik boʻyicha ilk marotaba xalqaro konferensiya ham boʻlib oʻtdi. Uning ishtirokchilari toʻqimachilik klasterlarini rivojlantirish, tarmoqning dunyo miqyosidagi bugungi holati va istiqbollari, mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalari kabi bir qator yoʻnalishlarda boʻyicha fikr almashdilar.
Xalqaro tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, “Iteca Exhibitions” kompaniyasi bilan hamkorlikda oʻtkazilmoqda.
Suratlar muallifi: Hasan Paydoyev, “Xalq soʻzi”.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yana bir yangi yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Narxi 270 mln. soʻmdan boshlanadi (FOTO)
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- “Rossiyskaya gazeta”: “Sharqiy ekspress”. Yoxud Oʻzbekistonda kadrlar siyosati va turizm infratuzilmasi qay ahvolda? Mutasaddilar javob berdi
- Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxoʻjayev boʻyicha bayonot berdi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: