Toshkentda ”Tasviriy va amaliy sanʼat” festivali boshlandi

15:57 22 Aprel 2019 Madaniyat
291 0

Foto: Dinara Chirkova, “Xalq soʻzi”

Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasida bir necha yillardan buyon xalqaro miqyosda nishonlanib kelinayotgan ”Tasviriy va amaliy sanʼat festivali”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Eron, Kuvayt, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Latviya va boshqa davlatlarning Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonalari vakillari, taniqli rassomlar, haykaltaroshlar, fotograflar, OAV xodimlari va yoshlar ishtirok etdi.

Foto: Dinara Chirkova, “Xalq soʻzi”

Tadbirda bu yilgi koʻrgazmalarning oʻziga xosligi sifatida oʻquv muassasalari alohida kafedra va fakultetlarning sanʼat asarlari va ijodiy izlanishlarini namoyish qilish imkoniyatini berishi eʼtirof etildi.

Foto: Dinara Chirkova, “Xalq soʻzi”

Festival 27 aprelgacha davom etadi. Koʻrgazmalar Fotosuratlar uyi, Tasviriy sanʼat galereyasi, Ikuo Xiroyama Xalqaro madaniyat karvon-saroyida va Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyida boʻlib oʻtadi.

Foto: Dinara Chirkova, “Xalq soʻzi”

Taʼkidlash joizki, badiiy koʻrgazmalar direksiyasining Markaziy koʻrgazmalar zali va Ikuo Xiroyama Xalqaro madaniyat karvon-saroyining bogʻ hududida besh kun davomida - dizayn, grafika va amaliy-sanʼat boʻyicha mahorat darslari boʻlib oʻtadi.

Foto: Dinara Chirkova, “Xalq soʻzi”

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?