Toshkentda suv polosi boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boshlandi

12:10 24 Oktyabr 2018 Sport
698 0

24-28 oktyabr kunlari poytaxtimiz suv polosi boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. 9 oktyabr kuni poytaxtimizda ushbu musobaqaga qurʼa tashlash marosimi oʻtkazilgandi. Bugun esa asosiy bahslarga start berildi. Soat 17:00 da Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi oʻtkaziladi.

Musobaqada quyidagi terma jamoalar ishtirok etishadi:

Oʻgʻil bolalar:
1. Xitoy
2. Janubiy Koreya
3. Eron
4. Qozogʻiston
5. Oʻzbekiston
6. Yaponiya

Qizlar:
1. Xitoy
2. Yaponiya
3. Oʻzbekiston
4. Qozogʻiston

Oʻyinlar taqvimi esa quyidagicha koʻrinish olgan:

Oʻgʻil bolalar:
1-tur, 24 oktyabr:
Xitoy – Yaponiya
Eron – Qozogʻiston
Janubiy Koreya – Oʻzbekiston

2-tur, 25 oktyabr:
Yaponiya – Qozogʻiston
Oʻzbekiston – Eron
Xitoy – Janubiy Koreya

3-tur, 26 oktyabr:
Qozogʻiston – Oʻzbekiston
Janubiy Koreya – Yaponiya
Eron – Xitoy

4-tur, 27 oktyabr:
Yaponiya – Oʻzbekiston
Xitoy – Qozogʻiston
Janubiy Koreya – Eron

5-tur, 28 oktyabr:
Eron – Yaponiya
Qozogʻiston – Janubiy Koreya
Oʻzbekiston – Xitoy

Qizlar:
1-tur, 24 oktyabr:
Oʻzbekiston – Xitoy
Yaponiya – Qozogʻiston

2-tur, 26 oktyabr:
Qozogʻiston – Oʻzbekiston
Xitoy – Yaponiya

3-tur, 28 oktyabr:
Xitoy – Qozogʻiston
Yaponiya – Oʻzbekiston

Eslatib oʻtamiz, bahslar poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan “Sahovat sport servis” suzish havzasida boʻlib oʻtadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?