Toshkentda “STEMM” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boshlandi

11:16 16 May 2019 Jamiyat
159 0

Yulduz Oʻrmonova, “Xalq soʻzi Online”. Olmazor tumani “Yoshlar markazi“ katta zalida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti va Isroil Xolon texnologiyalar instituti hamkorligida “Fan - Texnologiya - Taʼlim, Matematika - Tibbiyot” (STEAM: Science – Technology – Education – Mathematics – Medicine) nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlandi.

Anjumanda 30 dan ziyod xorijiy olim va mutaxassislar, mahalliy universitet oʻqituvchi-professorlari, talabalar va OAV vakillari ishtirok etmoqda.

Taʼkidlash joizki, Xolon texnologik instituti XXI asr innovatsion texnologiyalarining insoniyat uchun eng muhim muammolari yechimini topishga harakat qiluvchi tuzilma hisoblanadi. Anjuman mobaynida vazirliklar, parlament, ishlab chiqarish vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, raqamli sogʻliqni saqlash, elektron tijorat, taʼlim texnologiyasi, mahsulot tavsifi sohalarida erishilgan katta maʼlumotli axborotlarni hayotga tatbiq qilish masalalari koʻrilishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?