Toshkentda soliq toʻlovchilarga QQSni hisoblash boʻyicha tushuntirishlar berilmoqda

14:01 18 Yanvar 2019 Iqtisodiyot
433 0

Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlarining 220 nafardan ziyod malakali xodimlari har kuni joylarga chiqqan holda umum belgilangan soliq toʻlovi tizimiga oʻtayotgan korxonalar rahbar va bosh hisobchilari bilan muloqot oʻtkazdi. Bu haqda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shoʻbasi xabar berdi.

Ularning muammolari oʻrganilib, amaliy yordam koʻrsatilishi barobarida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha tushuntirishlar berilgan. Xususan, Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan 2019 yildan soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish boʻyicha oʻtkazilgan seminar-treninglarda 10 ming nafardan ziyod tadbirkorlik subyektlari qatnashdi. Soliq toʻlovchilardan tushgan 2689 ta savolga batafsil javoblar berildi. Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirishlarni soliq toʻlovchilarga tushuntirish hamda qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida har bir tuman davlat soliq inspeksiyasining “Telegram” kanali ochilib, unga aʼzo boʻlgan 5 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlari vakillarining 1397 ta savollariga aniq va tezkor javoblar berildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?