Toshkentda sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida 2 kishi vafot etdi, 4 kishi jarohatlandi

12:53 06 Iyun 2018 Jamiyat
553 0
Foto: IIV

4 iyun kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida mashinalarning to‘qnashib ketishi natijasida 2 kishi vafot etdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, shu kuni Yunusobod tumanida yashovchi M.Sh. o‘zining boshqaruvidagi “VAZ-2106” rusumli avtomashinani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan “Makro” supermarketi oldida haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Jizzax shahrida yashagan N.M. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “VAZ-2106” rusumli avtomashina yo‘lovchisi R.Sh. jarohat olib voqea joyida va “Matiz” avtomashinasi haydovchisi N.M. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.

Shuningdek, “VAZ-2106” avtomashinasi haydovchisi M.Sh. va uning qolgan yo‘lovchilari M.N., G.N. hamda F.M.lar jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019