Toshkentda qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladigan mahallalar e’lon qilindi

14:05 07 Iyun 2018 Jamiyat
524 0

Joriy yilning iyun-iyul oylarida Toshkent shahridagi 11ta tumanda joylashgan 88ta mahallada qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, quyidagi mahallalarda oy davomida qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi:

Bektemir tumanida: “Rohat”, “Zilola”, “Husayn Bayqaro”, “Binokor”, “Oltintopgan”, “Majnuntol”, “Iqbol”, “Abay” mahallalari;

Mirzo Ulug‘bek tumanida: “Avayxon”, “Alpomish”, “Traktorsozlar”, “Yuzrabod”, “M.Ismoiliy”, “Bog‘imaydon”, “H.Abdullayev”, “Nur” mahallalari;

Mirobod tumanida: “Tolariq”, “Birodarlik”, “Furqat”, “Mavoraunnahr”, “Chinor”, “Afrosiyob”, “Yangi Mirobod”, “Oltinko‘l” mahallalari;

Olmazor tumanida: “G‘alaba”, “Ibrohim ota”, “Yuqori Sebzor”, “Xislat”, “Tepaguzar”, “Oltinsoy”, “Sebzor”, “Orzu” mahallalari;

Sergeli tumanida: “O‘zgarish”, “Daryo bo‘yi”, “Qipchoq”, “Uchuvchilar”, “Choshtepa”, “Xonobod”, “Nilufar”, “Oltin vodiy” mahallalari;

Uchtepa tumanida: “Bog‘iston”, “Birlik”, “Nayman”, “Nurobod”, “Paxtakor”, “Davlatobod”, “Sakkokiy”, “Jarbulog‘” mahallalari;

Chilonzor tumanida: “Xirmontepa”, “1-Katta Chilonzor”, “Xalqlar do‘stligi”, “Kichik Xirmontepa”, “Tirsakobod”, “Bog‘zor”, “Bo‘rijar”, “Katta Qozirobod” mahallalari;

Shayxontohur tumanida: “Yangi Beltepa”, “Shayxontohur”, “Obinazar”, “Charxnovza”, “Ilg‘or”, “Jangoh”, “Chorsu”, “Beltepa” mahallalari;

Yunusobod tumanida: “Turkiston”, “Bog‘ishamol”, “Yangi bog‘”, “Posira”, “Husinobod”, “Otchopar 2”, “Yunusota”, “Bog‘i Eram” mahallalari;

Yakkasaroy tumanida: “Boshliq”, “Yakkasaroy”, “Armug‘on”, “Shohjahon”, “A.Qahhor”, “Rakatboshi”, “Meros”, “Tepa” mahallalari;

Yashnobod tumanida: “Dilbog‘”, “Mashinasozlar”, “Asolobod”, “Uysozlar”, “Parvoz”, “Cho‘lpon”, “Xosiyatli”, “Katta Qo‘yliq” mahallalari.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?