Toshkentda qiymati 1,5 mlrd. soʻmlik uy sotuvga qoʻyildi

13:58 08 Avgust 2019 Jamiyat
165 0

Bu “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga poytaxtdan qoʻyilgan eng qimmat turar joy binolaridan biridir.

Ushbu qasr Olmazor tumani MIB tomonidan auksionga qoʻyildi.

Lotning boshlangʻich narxi 1,5 mlrd. soʻm etib belgilangan. Bu E-ijro onlayn-maydoni oʻz faoliyatini boshlagandan beri turar joy boʻlimiga qoʻyilgan eng qimmat obyektlardan biriga aylandi.

Yer uchastkasining umumiy maydoni 0,05 gektar. Ikki qavatli uy maydoni 327 kv.metr. Unda oltita xona va yertula bor. Qurilish yili sifatida 2017-yil koʻrsatilgan. Yunusobod tumani Chinobod koʻchasida joylashgan.

Kimoshdi savdosi 27-avgust kuni boʻlib oʻtsa, arizalar 25-avgustga qadar qabul qilinadi. Zakalad miqdori 76,5 mln. soʻmga teng.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?