Toshkentda Pushkin tavalludining 219 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

11:00 07 Iyun 2018 Madaniyat
285 0

Rus xalqining buyuk shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin tavalludining 219 yilligi mamlakatimizda ham keng nishonlandi.

Xususan, poytaxtimizning shoir haykali o‘rnatilgan so‘lim go‘shasida turli vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, milliy madaniyat markazlari, diplomatik korpus vakillari, yozuvchi va shoirlar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi R. Qurbonov, Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari

M. Hojimatov, Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi V. Tyurdenev, Rus milliy madaniy markazi rahbari A. Aristov hamda boshqalar xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda adabiy aloqalar alohida o‘rin tutishini ta’kidladi.
Anjumanda shoir haykali poyiga gullar qo‘yilib, o‘lmas ijodidan namunalar o‘qildi.
Muhammadjon AHMADJONOV.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?