Toshkentda professionallar oʻrtasida MMA musobaqasi oʻtkazildi

19:46 25 Oktyabr 2020 Sport
272 0

“Xalq soʻzi Online”

23-25-oktyabr kunlari poytaxtimizdagi MHSK sport majmuasida aralash jang sanʼatlari sport turi boʻyicha professionallar oʻrtasida turnir tashkil etildi.

Mudofaa vaziri kubogi uchun oʻtkazilgan musobaqada Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda barcha viloyatlardan 150 nafarga yaqin yakkakurash ustalari ishtirok etmoqda.

Turnir gʻolib va sovrindorlari 57, 61,2, 65,8, 70,3, 77,1, 83,3, 93, 120 hamda +120 kg vazn toifalarida aniqlanadi.

Ayni paytda musobaqaning final janglari boʻlib oʻtmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?