Toshkentda poytaxtning mashhur obyektlarini tasvirlovchi chiroqlar yerosti yo‘liga o‘rnatildi

17:23 26 Iyun 2018 Jamiyat
1774 0
Foto: Facebook

Toshkent shahrining Mustaqillik ko‘chasida joylashgan yerosti yo‘li devorida noyob chiroqlar joylashtirildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda curatlar tarqaldi.

Qayd qilinishicha, mazkur chiroqlarning o‘ziga xosligi shundaki, u Toshkentda joylashgan eng e’tiborli va mashhur binolarni tasvirlab turadi. Toshkent teleminorasi, Amir Temur haykali shu kabi Toshkentning diqqatga sazovor binolari chiroqlar yordamida tasvirlangan.

Mazkur jamlanma Mustaqillik ko‘chasining Pushkin metro bekati yaqinidagi xalq tilida Salar ko‘prigi nomi bilan ataladigan yo‘l o‘tkazgich ostidagi yerosti yo‘li devoriga o‘rnatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?