Toshkentda O‘zbekiston-Tojikiston biznes forumi ish boshladi

10:46 16 Avgust 2018 Siyosat
305 0
Foto: "Xalq so'zi"

Ayni paytda poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston-Tojikiston biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda yurtimiz ishbilarmonlari bilan birga, qo‘shni davlatdan tashrif buyurgan 230 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari rahbarlari, mutaxassislar ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramovning qayd etishicha, keyingi yillarda o‘zbek-tojik xalqlari munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan pragmatik tashqi siyosat davlatlarimiz o‘rtasida do‘stona munosabatlar mustahkamlanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N. Otajonov so‘zga chiqdi.

Ta’kidlanganidek, ikki do‘st mamlakat o‘rtasida aloqalar barcha yo‘nalishlar, ayniqsa, iqtisodiy, savdo-sarmoyaviy sohada sifat jihatidan yuqori bosqichga ko‘tarildi. Birgina 2018 yilning olti oyida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 35 foiz o‘sib, 160 million AQSH dollarini tashkil etdi. Yurtimiz Tojikistonga yengil va yuk mashinalari, qishloq xo‘jaligi texnikalari, elektrotexnika, to‘qimachilik, metallurgiya, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari, qurilish mollari yetkazib berilayotgan bo‘lsa, o‘z navbatida, qurilish materiallari, sement, alyumin kabi mahsulotlar olib kelinyapti.

Forum doirasida B2B formatida biznes muloqotlari ham bo‘lib o‘tadi. Tadbir davom etmoqda.

Said Rahmonov, “Xalq so‘zi“ muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?