Toshkentda “Oʻzbek sport sanoati – 2018” koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi

17:57 07 Sentyabr 2018 Sport
189 0
Фото: Динара Чиркова / “Халқ сўзи”.

Bugun poytaxtimizdagi Taekvondo assotsiatsiyasining sport zalida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan “Oʻzbek sport sanoati – 2018” koʻrgazmasi tashkil qilindi.

Koʻrgazma sport jihozlari va inventarlarni xarid qilishda shaffof tizimni yaratish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab quvvatlash, ular orasida eng ilgʻor sifat koʻrsatkichi yuqorilarini oʻrganish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, unda 15 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona oʻzlarining 90 dan ortiq turdagi mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.

Фото: Динара Чиркова / “Халқ сўзи”.

Koʻrgazma ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev soʻzga chiqib, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilot rahbarlariga sport jihozlarini ishlab chiqarishda, uning sifatiga alohida eʼtibor qaratish lozimligini, sport muassasalari sport jihozlari va inventarlarni xarid qilishda avvalo shu jihatga eʼtibor qaratilishi taʼkidlab oʻtdi.

Фото: Динара Чиркова / “Халқ сўзи”.

Joriy yilda Respublikamizdagi sport inshootlari uchun Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 90 turdagi 30 mlrd. soʻmlik sport jihozlari va inventarlarini xarid qilish rejalashtirilmoqda. Ularning barchasi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalardan sotib olinib, gʻoliblarni aniqlashda shaffof va adolatli tizim yoʻlga qoʻyiladi.

Фото: Динара Чиркова / “Халқ сўзи”.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar, sport sohasi vakillari va barcha qiziqish bildirganlar mazkur koʻrgazmada ishtirok etishdi.

Фото: Динара Чиркова / “Халқ сўзи”.

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?