Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bosh shtab boshliqlarining anjumani boʻlib oʻtadi

10:35 20 Fevral 2019 Jamiyat
315 0

21 fevral kuni poytaxtimizdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Bosh shtab boshliqlarining navbatdagi anjumani boʻlib oʻtadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Anjuman mintaqada xavfsizlikni taʼminlash, Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, shuningdek, terrorizm, giyohvand moddalar savdosi hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga bagʻishlanadi.

Unda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afgʻoniston qurolli kuchlari bosh shtabi boshliqlari, Qirgʻiziston Respublikasi qurolli kuchlari Bosh shtabi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, AQSH Qurolli Kuchlari SЕNTKOM qoʻmondoni ishtirok etadi.

Anjumanda Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Baxodir Kurbanov ham qatnashishi koʻzda tutilgan.

Anjuman doirasida delegatsiya rahbarlari alohida ikki tomonlama uchrashuvlarni oʻtkazishi, shuningdek, delegatsiya aʼzolarining Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasidagi oʻquv jarayonini kuzatishlari, Hasti Imom majmuasi va Temuriylar tarixi davlat muzeyi bilan tanishishi ham rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?