Toshkentda Markaziy Osiyolik talabalar uchun moʻljallangan universitet tashkil etiladi

12:10 16 Sentyabr 2019 Jamiyat
127 0

Oliy va oʻrta maxsus vazirligi Shinxan universiteti (Koreya Respublikasi) bilan Toshkent shahrida universitetning filialini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishdi.

Kelishuvga koʻra, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida Shinxan universiteti filiali ish boshlaydi. Birinchi bosqichda universitetda quyidagi taʼlim yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi:

Hamshiralik ishi;

Xalqaro turizm menejmenti;

Yangi toʻqimachilik materiallari texnologiyasi.

Toshkent shahridagi Shinxan universitetida dastlab oʻzbekistonlik yoshlar tahsil oladi. Keyinchalik universitetga qoʻshni davlatlar, xususan Markaziy Osiyolik yoshlarni ham qabul qilish choralari koʻriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?