Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari – AQSH ishchi guruhi uchrashuvi o‘tkaziladi

11:26 23 Iyul 2018 Jamiyat
1121 0
Foto: Sputnik

Bugun Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari – AQSH ishchi guruhi uchrashuvi o‘tkaziladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va AQSH vakillari ishtirok etadilar. “Markaziy Osiyo davlatlari – AQSH” (“C5+1”) hamkorlik formatidagi Xavfsizlik bo‘yicha ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishida ishtirokchilar mintaqaviy xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash va tajovuzkor ekstremizmga qarshi turishning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?