Toshkentda “Madam Tyusso” kabi mashhur yulduzlarning mum-haykallar muzeyi ochildi

14:50 17 Oktyabr 2019 Jamiyat
245 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Toshkent shahrining yangi bogʻida, “TashkentCity” hududida “Yulduzlar muzeyi” mum muzeyi ochildi. Bu joy nafaqat mahalliy aholi, balki ichki va tashqi turistlarning ham sevimli joylaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Maʼlumki, Yevropaga sayohat qiladigan sayyohlarning aksariyati “Madam Tyusso” muzeyiga tashrif buyuradi hamda Gollivud yulduzlari, olimlar, siyosatchilar va boshqa mashhur insonlar haykallari bilan suratga tushib, ular bilan ijtimoiy tarmoqlarda boʻlishishadi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

“Yulduzlar muzeyi”dagi har bir eksponat, uning atrofidagi muhit eng kichik detallarigacha oʻylab ishlangan - jonli qoʻgʻirchoqlar, zamonaviy tarixda oʻchmas iz qoldirgan ulkan shaxslar haykallarining toʻplami va hokazolar. Muzeyda tez orada Oʻzbekistonning taniqli shaxslari haykallari ham namoyon boʻladi va bu barchada katta qiziqish uygʻotishi shubhasiz.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

“Shunday ekan, “TashkentCity” hududida joylashgan mum muzeyga tashrif buyuring hamda oʻzingizga manzur boʻlgan taniqli yulduzlarning haykallari bilan suratga tushing!” deb yoziladi xabarda.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?